Superliga. Andijon o‘z maydonida Buxoro bilan durang o‘ynadi
02.11.2025Superliga

Superligada 27-tur o‘yinlari davom ettirildi. Andijon jamoasi bu tur o‘z maydonida Buxoro klubini qabul qildi.
Bobur arenada kechgan bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi. Dominik Begich 57-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 11 daqiqa o‘tib Abdulvohid Gʻulomov muvozanatni tikladi – 1:1.
