Superliga. Andijon Bobur arenada Qizilqum bilan durang o‘ynadi

19.06.2025Superliga

Superliga. Andijon Bobur arenada Qizilqum bilan durang o‘ynadi

Superligada 13-tur o‘yinlari start oldi. Andijon jamoasi bu tur o‘z maydonida Navoiyning Qizilqum klubini qabul qildi.

Bobur arenada kechgan bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi. 5-daqiqada Farhod Bekmurodov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqaan bo‘lsa, 77-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Shohjahon Yorqinboyev muvozanatni tikladi va mazkur hisob bahs so‘ngiga qadar o‘zgarishsiz qoldi.

ANDIJON 1:1 QIZILQUM

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar