Superliga 27-turining qolgan barcha uchrashuvlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

31.10.2025Superliga

Superliga 27-turining qolgan barcha uchrashuvlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

O‘zbekiston Superligasi 27-turidan o‘rin olgan Navbahor — Nasaf uchrashuvini Namangandagi Markaziy stadionda tomosha qilish uchun kelgan “ajdarlar”ning fidoyi muxlisi — Mahmud Muhammadiyevning uchrashuvdan qaytish yo‘lida avtohalokatga uchrab, vafot etgani bizni chuqur qayg‘uga soldi.  


Liga yo‘l transport hodisalari qurbonlarini kamaytirish masalasiga 2024-yilda e’tibor qaratib, o‘tgan yilgi Superliga mavsumi ramziy jamoasini ularning xotirasiga bag‘ishlagan edi.  


O‘z navbatida, Superliga 27-turining qolgan barcha uchrashuvlari ushbu muxlis xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanishini ma’lum qilamiz.  


Liga marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi.


    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar