Superliga-2026. Liga 5 ta klubni stadion masalasida rasman ogohlantiradi

24.11.2025Superliga

Superliga-2026. Liga 5 ta klubni stadion masalasida rasman ogohlantiradi

Arxiv bilan ishlashni afzal biluvchilar 2020 hamda 2025-yilgi mavsumlar oralig‘ida professional klublar to‘p tepuvchi maydonlardagi o‘zgarishlar bilan tanishib chiqishi mumkin. Bugunga kelib O‘zbekistonda 17 ta professional klub mavjud bo‘lib, ular orasidan 16 tasi o‘z maydonini qayta ta’mirdan chiqardi. Biroq ta’mirdan keyin ham maysa parvarishiga jiddiy munosabatda bo‘la olmayotgan klublar mavjud. 


Superliga-2026 uchun taxminlar qanday? 




Superliga-2026. Liga 5 ta klubni stadion masalasida rasman ogohlantiradi

5 ta klub mavsumga yangi maysa bilan kirib kelishi kutilmoqda: Lokomotiv, Paxtakor, Bunyodkor, Nasaf, Aral (ehtimoliy). Toshkentdagi 2 ta stadionda ta’mirlash ishlari davom etmoqda. 



Superliga-2026. Liga 5 ta klubni stadion masalasida rasman ogohlantiradi

Bunyodkor katta talafotdan keyin yangi maysa ekdi, Nasaf esa asosiy maydon chimi o‘rniga yangisini tayyorlash ishlari bilan band. Nukusdagi stadion esa 2026-yilda foydalanishga topshiriladi. Mazkur stadionga Urganchdagi kabi talab qo‘yilgan va uning qurilish ishlari Liga tomonidan monitoring qilib borilmoqda.  



Superliga-2026. Liga 5 ta klubni stadion masalasida rasman ogohlantiradi

6 ta klub joriy mavsumda raqiblari uchun yaxshi maydon taklif qila oldi: Andijon, Neftchi, Qo‘qon-1912, Dinamo, Qizilqum, Surxon. Liga mazkur klublarning maysa parvarishi borasidagi mehnatlarini qadrlaydi. Endilikda ular qishki mavsumda ham parvarishni davom ettirishlari va mazkur masalada Bunyodkor stadioni tajribasini o‘rganishlari tavsiya etiladi. Qishdagi asosiy masala havo harorati +10 darajadan pastga tushib ketganida boshlanadi. Ayniqsa, qor yog‘ishi oldidan maydon ustiga maxsus yopinchiq to‘shalishi muhim ahamiyat kasb etadi. 



Superliga-2026. Liga 5 ta klubni stadion masalasida rasman ogohlantiradi

5 klub yuzasidan xavotirlar mavjud 


Yana 5 ta klubda esa muammolar mavjud: Navbahor, OKMK, So‘g‘diyona, Mash’al, Buxoro. Voqealar rivoji shunday davom etsa, Liga mazkur arenalarni Superliga stadionlari ro‘yxatiga kiritmasligi mumkin. 


Superliga-2026. Liga 5 ta klubni stadion masalasida rasman ogohlantiradi

Vodiyda 3 ta yaxshi maydon bor ekanligidan kelib chiqilsa, Navbahor vaziyatni o‘nglashi yoki Andijon, Farg‘ona, Qo‘qondagi stadionlardan foydalanish masalasini ko‘rib chiqishi lozim. Mash’al esa Gʻuzordagi stadion tajribasini o‘rganmoqda. Biroq bunda drenaj va sug‘orish tizimi masalasi klub bilan muhokama qilinadi. So‘g‘diyona Jizzax yoki Zomindagi stadionlarda o‘zgarishlarni amalga oshirishga tayyor. Biroq Liga klubga maysa parvarishi masalasini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya etadi. 2 yil ichida So‘g‘diyona maydoni holati qanday o‘zgargani o‘rganilishi lozim. Termiz va Samarqand shaharlaridagi maydonlar holati bilan solishtirganda, Jizzaxdagi o‘yingoh muammolari yaqqol ko‘rinadi.

Superliga-2026. Liga 5 ta klubni stadion masalasida rasman ogohlantiradi

OKMK o‘yingohi masalasi esa Liga uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Maydon ta’miriga to‘liq 2 yil o‘tmay turib, uning holati salbiy tomonga keskin o‘zgardi. Mazkur masala qayta o‘rganib chiqilishi shart. Maydon ustida futboldan boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilsa, u tabiiyki, Superliga uchrashuvini o‘tkazish uchun yaroqsiz maydonga aylanib qoladi. 


Superliga-2026. Liga 5 ta klubni stadion masalasida rasman ogohlantiradi

Buxorodagi akademiya stadioni Superliga o‘yinlari uchun qayta ochildi. Bu yo‘lda stadionga talab bo‘yicha projektorlar o‘rnatildi. Afsuski, projektorlar o‘rnatilguniga qadar maysa o‘z sifatini yo‘qotib ulgurdi. Bunga asosiy sabab — viloyatda maydon parvarishi uchun maxsus texnikaning mavjud emasligi (Liga ikki yil avval buni qayd etgan). Ayni vaqtda maydon chimi qanday moslamalarda o‘rilayotgani va buning oqibatlari yuzasidan klub hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi xabardor qilingan. Holat o‘nglanmasa, klub 2026-yilgi mavsumni qo‘shni Navoiyda o‘tkazishi haqiqatga yaqin. 

Superliga-2026. Liga 5 ta klubni stadion masalasida rasman ogohlantiradi

Ma’lumot uchun, Superliga stadionlari 25-dekabrga qadar Liga ro‘yxatidan o‘tishi lozim. Biz barcha klub o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida to‘p tepishidan manfaatdormiz. Biroq ayrim klublar futbolning birlamchi vositasi bo‘lmish maydonlarga nisbatan o‘z munosabatini o‘zgartirmasa, Liga afsus bilan ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llashda davom etadi. Maydon klubning yuzi ekanligi va muammoli klublar o‘zlari to‘p surayotgan yaxshi maydonlarga javob tariqasida o‘zlari ham yaxshi maydon uchun kurashishlari muhim masaladir.  


Superliga-2026. Liga 5 ta klubni stadion masalasida rasman ogohlantiradi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar