Superliga 16,17-tur. Liga komissari bildirgisidan ko‘chirma
14.08.2025Superliga

1-8-avgust kunlari Superliganing 16-17 turlari o‘tazildi.
Dinamo 2:2 Navbahor
Dinamo futbolchilari ogohlantirishlarga qaramay, mikst-zona orqali harakatlanmasdan, stadionni boshqa yo‘l bilan tark etgan. Bu orqali "Superliga va Proliga reglamenti"ning 18.7 bandiga amal qilinmagan.
Dinamo klubining ishi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi.
Navbahor 1:1 So‘g‘diyona
Markaziy stadion xodimi uchrashuv davomida zaxira o‘rindig‘i yoniga turib olgan. Liga komissarining ogohlantirishlariga qaramasdan bu xodim texnik hududni tark etmagan. Ushbu harakat orqali "Superliga va Proliga reglamenti"ning 16.20 bandi buzilgan.
Navbahor klubining ishi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi.
Andijon 3:0 Qo‘qon-1912
Qo‘qon-1912 jamoasi Bobur arenaga kirishda muammoga duch keldi. Stadionning asosiy darvozasi yopiqligi sabab Qo‘qon-1912 jamoasi arenaga boshqa darvozadan kirishga majbur bo‘lgan. Mehmon jamoa kiyinish xonasigacha bo‘lgan ma’lum masofani piyoda bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Mezbon jamoa stadionga kelganda esa yopiq darvoza ochib berilgan. Andijon klubining ushbu harakatlari "Superliga va Proliga reglamenti"ning 15.5 bandiga zid.
Andijon klubining ishi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi.