Superkubok. Paxtakor jamoasi bosh murabbiy va futblchisi matbuot anjumanida ishtirok etdi

14.03.2026O`zbekiston Superkubogi

Superkubok. Paxtakor jamoasi bosh murabbiy va futblchisi matbuot anjumanida ishtirok etdi

O'zbekiston Superkubogi o'yini oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu marosimning birinchi qismida Paxtakor jamoasi ustozi Kamoliddin Tojiyev va jamoa yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy ishtirok etdi


Paxtakor ustozi ushbu anjumanda quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:


"Assalomu alaykum. Tayyorgarlik yaxshi o'tdi. Ertangi o'yinga 100 foiz tayyormiz. O'tgan o'yindagi xatolarni esdan chiqardik. Yaxshi kayfiyatda bu o'yinga keldik. G'alaba qozonib muxlislarni xursand qilmoqchimiz.


Farg'ona Andijonga yaqin? Bizni muxlislar ham o'yinga keladi. Ular kimga muxlislik qilsa ham stadion to'lsa yaxshi bo'ladi.


Neftchi bu mavsum 9 ta gol urdi? Ertaga boshqa musobaqa doirasida o'yin bo'ladi. Kim yaxshiroq tayyorgarlik qilsa o'sha yutadi.


Hujumchilar masalasida adashyapmanmi? Menimcha bunday emas. Biz har bir o'yinga alohida tayyorgarlik qilamiz. Shu sabab goh Rustamga, goh Pyotrga ishonch bildirmoqdaman.


Ertangi o'yinda har ikki jamoani fovarit deb bo'lmaydi. Neftchiga bu mavsum 1-2 yaxshi saviyadagi futbolchi keldi. Ushbu holat jamoani kuchaytira oldi


Asosiy vaqtda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Penaltilar seriyasiga 1 yil tayyorgarlik ko'rsangiz ham, omadingiz kelmasa ura olmaysiz. Shu sabab biz seriyaga tayyorgarlik ko'rmadik".





Superkubok. Paxtakor jamoasi bosh murabbiy va futblchisi matbuot anjumanida ishtirok etdi

Shuningdek, jamoa yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy quyidagi ham quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:


"Assalomu alaykum. Kayfiyat a'lo darajada. Raqibni yaxshi o'rganib chiqdik. Xudo xohlasa, muxlislarni xursand qilmoqchimiz.


Superkubok bitta o'yindan iborat. Superligadagi mag'lubiyat ushbu o'yinga ta'sir qilmaydi".


Superkubok. Paxtakor jamoasi bosh murabbiy va futblchisi matbuot anjumanida ishtirok etdiSuperkubok. Paxtakor jamoasi bosh murabbiy va futblchisi matbuot anjumanida ishtirok etdi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar