
O'zbekiston Superkubogi o'yini oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu marosimning ikkinchi qismida Neftchijamoasi ustozi Islombek Ismoilov va jamoa sardori Anvarjon G'ofurov ishtirok etdi.
Neftchi ustozi ushbu anjumanda quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:
"Avvalo hammaga Assalomu alaykum. Ertangi o'yinga yetarlicha tayyorgarlik ko'rdik. Finallarda taktikadan ko'ra, futbolchilar xarakteri ko'p narsani hal qiladi. Umid qilamanki, futbolchilarim g'alabaga munisb o'yin ko'rsata oladilar.
Har bir jamoa tezkor golni xohlaydi. Jumladan biz ham. Bunga albatta harakat qilamiz.
Ikrom Aliboyev ertangi o'yinga 100 foiz tayyor.
Jamoamni Paxtakor bilan solishtirmagan bo'lardim. Jamoada hozir g'alabaga xohish yuqori. Shuningdek, kayfiyat ham. Raqibdan ustun tomonlarimizni gap bilan emas, amalda maydonda ko'rsatmoqchimiz.
Doimiy ravishda hujumkor futbol ko'rsatishni iloji yo'q. Hujum va himoya futbolni ajralmas bir qismi.
Raqibni chuqur o'rganib chiqdik. Mayda detallarga ham ahamiyat qaratdik. Lekin aynan qaysidir futbolchiga qarshi personal o'ynash niyatimiz yo'q.
Finalda fovarit yo'q. Finalda istalgan natija bo'lishi mumkin. Ushbu bahsda xohish va istak birinchi o'ringa chiqadi".

Shuningdek, jamoa himoyachisi Anvarjon G'ofurov quyidagi ham quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:
"Avvalo Assalomu alaykum. Ramazon oyi bilan hammani tabriklayman. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Bu o'yinga 100 foiz tayyormiz.
Albatta bu final, hayajon bo'lishi aniq. Bu bizning birinchi Superkubogimiz. Lekin kayfiyat yuqori. Finalga tayyormiz".
