
Neftchi va Paxtakor klublari Superliga 3-turidan o‘rin olgan o‘z uchrashuvlarini 10-mart kuni o‘tkazadi. Shundan keyin har ikki klub Andijon mezbonlik qiladigan Superkubok bellashuvi uchun tayyorgarlik boshlaydi.
Liga bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan Superkubok o‘yini uchun chiptalar 11-mart kuni sotuvga chiqadi. Ayni vaqtda Liga har ikki klub vakillari bilan muzokara olib borayotgan bo‘lib, ularning taklifi bilan ayrim sektorlar uchun chiptalar nafaqat Andijon, balki Farg‘ona va Toshkent shaharlarida ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Farg‘onalik muxlislarga 1—15 sektorlar uchun chiptalar xarid qilish, toshkentlik muxlislarga esa 19-32 (1A) sektorlarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. 16—18 sektorlar uchun chiptalar, shuningdek, klublarning taklifidan kelib chiqib, ular uchun ajratilgan boshqa ayrim sektorlar uchun chiptalar Bobur arena kassalarida sotilishi rejalashtirilgan.