Students cup 73 universitet va 871 talabaga o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berdi

20.05.2025PFL

Students cup 73 universitet va 871 talabaga o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berdi

Liga tomonidan uchinchi bor o‘tkazilayotgan Students cup musobaqasiga avvalgi mavsumlarda bo‘lgani kabi Coca-Cola homiylik qilmoqda. Amin bo‘lyapmizki, u allaqachon talabalar orziqib kutadigan turnirga aylanib ulgurdi. 


Bu yil Students cup’da 73 ta universitet g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Ular 871 nafar sportga befarq bo‘lmagan talabani Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi. Tabiiyki, ro‘yxatdan o‘tayotgan talabalar orasida Liga qaydlarida mavjud bo‘lgan futbolchilar ham ko‘rinish bergandi. Musobaqaga nizomiga asosan ularga lisenziya berilmadi, universitetlar bu kabi futbolchilarni boshqa talaba bilan almashtirdi. 


Musobaqada Toshkent shahri va viloyati universitetlari ishtirok etayotgan bo‘lsa-da, unda respublikaning barcha hududiy birliklaridan tashrif buyurgan talabalar borligi quvonarli. Infografikada bu yanada aniqroq ko‘rinadi. Quvonarlisi shundaki, o‘qishini yurtimizda olib borayotgan xorijlik talabalar ham endilikda Students cup’da namoyon bo‘lmoqda. Joriy mavsum biz bunday talabalarning 11 nafarini ro‘yxatdan o‘tkazdik. Ular O‘zbekistonda ommaviy futbolga berilayotgan e’tibor va bu ayniqsa Professional futbol uchun javobgar tashkilot tomonidan bo‘layotganidan hayratda ekanini yashirmadi. 


Ro‘yxatdan o‘tgan talabalar orasida eng kattasi 38 yoshda ekanligini ko‘rish mumkin. Albatta, ilm olish uchun hech qachon kech emas. 19 yoshli talabalar esa bir necha o‘nlab ekanligini ko‘rdik. 


Liga mazkur musobaqani o‘tkazishda universitetlar bilan ishlash, musobaqaga talaba yoshlarni jalb etishdagi yordami uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipovga, musobaqaning xavfsiz, samimiy va do‘stona ruhda o‘tishini ta’minlashdagi yordami uchun Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatovga minnatdorchilik bildiradi. 


Students cup-2025 g‘olibi 22-may kuni aniqlanadi. Ajoyib final va taqdirlash marosimini ko‘rish uchun Sizni 18:15 da Jar stadioni yonida kutamiz. Sovrindor bo‘lgan universitetlarning har bir ishtirokchi talabasiga qimmatbaho esdalik sovg‘alar topshiriladi. Musobaqa to‘purariga esa smartfon sovg‘a qilinadi. Muhimi bu emas, muhimi — biz 10 kun davomida talabalar o‘zlarini haqiqiy qahramonlardek his qilishlariga erisha olayotganimiz.

Students cup 73 universitet va 871 talabaga o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berdi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar