So‘g‘diyona – Qo‘qon-1912 bahsi Do‘stlikda o‘tkaziladi, Nasaf Andijonni Samarqandda qabul qiladi

25.03.2026Superliga

So‘g‘diyona – Qo‘qon-1912 bahsi Do‘stlikda o‘tkaziladi, Nasaf Andijonni Samarqandda qabul qiladi

Superliga 5-turi doirasidagi So‘g‘diyona – Qo‘qon-1912 uchrashuvi Toshkent viloyatidagi Do‘stlik stadionida bo‘lib o‘tadi.

  

Xabaringiz bor, ayni damda Jizzaxdagi So‘g‘diyona stadionida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yakunlanmagan. Jamoa 5-turdagi uy uchrashuvini o‘tkazish uchun Toshkent viloyatidagi Do‘stlik o‘yingohi bilan kelishuvga erishgan va bu borada Ligani xabardor qilgan. Shu tariqa, 5-turdagi Qo‘qon-1912 klubiga qarshi bahs aynan Do‘stlik stadionida o‘tkazilishiga kelishib olindi. Bahs taqvimda belgilanganidek, 2 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.


Shuningdek, Nasaf jamoasi ham Superliga 5-turidagi Andijonga qarshi uy uchrashuvini o‘tkazish uchun Dinamo stadioni bilan shartnoma imzolagan. Uchrashuv taqvim bo‘yicha 3 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar