Sho‘rtan klubini vaqtinchalik Eldor Moyliyev boshqaradi
07.05.2025Superliga

Klub bu haqida Ligaga ma'lum qildi.
Jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdiyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘zaro kelishilgan holda bekor qilinganligi sababli, klub akademiyasi direktori lavozimida ishlab kelgan Eldor Moyliyev vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida bo‘lajak uchrashuvlarda jamoani maydonga boshlab tushadi.