Sergey Lushchan: Paxtakorga 5 ta to‘p kiritish – yaxshi natija

09.11.2024Superliga

Sergey Lushchan: Paxtakorga 5 ta to‘p kiritish – yaxshi natija

Superligada 24-tur o‘yinlari davom ettirildi. Navbahor jamoasi bu tur o‘z maydonida Paxtakorni qabul qildi va 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Paxtakor juda yaxshi jamoa ekanligi ma’lum edi. Birinchi bo‘lim juda og‘ir o‘tdi. Boshlanishi yaxshi boshlandi, tezkor gol kiritdik. Reja bo‘yicha qayta hujumlar tashkilashtirishga biroz ulgurmay qoldik. Emosional reja bo‘yicha biz uchun ham, futbolchilar uchun ham, o‘yin og‘ir o‘tdi. Hamma mas’uliyatni his qilib turgandi. 5:2 hisobi yaxshi bo‘ldi, lekin, o‘ylaymanki, chetlatish bo‘lmaganda qiyin bo‘lardi. Chiroyli g‘alaba bo‘ldi. O‘zimizning o‘yinlarimizni, xatolarimizni tahlil qilib chiqamiz. Bir xil vaziyatda 2 ta gol o‘tkazib yuborish – bu yaxshi emas. Oson gol o‘tkazib yubordik, hech nima qila olmayapmiz. Bu ruhiy holat bilan bog‘liq. Chunki gol kiritishimiz bilan orqaga chekinmoqdamiz, gol o‘tkazib yuborgandan keyin futbol o‘ynashni boshlayapmiz. Shunaqa vaziyatlar bizni tashvishga solmoqda. Yigitlarga so‘zsiz rahmat aytaman, Paxtakor darvozasiga 5 ta gol kiritishdi. Juda ham yaxshi natija.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda