Sergey Lushchan: Omad bugun raqib tomonda bo‘ldi

07.10.2024O‘zbekiston kubogi

Sergey Lushchan: Omad bugun raqib tomonda bo‘ldi

O‘zbekiston kubogi finalida Andijonga boy berilgan uchrashuvdan so‘ng Navbahor jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bunga loyiq edilar. Raqibimiz standart vaziyatlardan yaxshi foydalana olishi va qarshi hujumlarda ustunlikka ega ekanligini bilardik. Qarshi hujumlar tashkil qilishga imkoniyat bermadik, ammo standart vaziyatlarda raqib bizdan ustunlik qildi. Andijon futbolchilari boshi bilan yaxshiroq o‘ynash olishini isbotlashdi. O‘yin haqida ko‘p gapirish mumkin, ammo barchasi tarixga aylanib bo‘ldi.

Andijon jamoasi standart vaziyatlardan yaxshi foydalana olishini bilardik, dedingiz. Bu aniq fakt edi, shunga yarasha mashg‘ulotlarda shunday vaziyatlarga alohida e’tibor qaratilganmidi?

Siz qanday hujum qilishni yoki qanday to‘g‘ri himoyalanish ustida ishlashingiz mumkin, ammo raqib jamoaning standart vaziyatidan qanday foydalanishini bilmaysiz va shu sababli bu jihat ustida ishlay olmaysiz. Andijon bu jabhada ustunlikka ega ekanligini bilardik. Biz kurashlarda mag‘lub bo‘ldik va shu sababli, o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Bu esa raqib futbolchilari boshi bilan yaxshiroq o‘ynay olishiga isbot. Mashg‘ulotlarda buning ustida ishlash ilojsiz.

Jamoangizga bugun hisobni ushlab qola olishi uchun nima yetishmadi? Navbahor hisobda oldinda borayotgan vaqtda Andijon hech nima yarata olmayotgandi...

E’tibor va konsentratsiya. Raqibning har bir urgan goli qandaydir xato sababli yuzaga keldi. Andijonliklarning birinchi goliga e’tibor bering, mingta holatdan bor-yo‘g‘i bir marotaba bunday gol urilishi mumkin. Bugungi o‘yin ssenariysi guyo osmonlarda hal etib bo‘lingandek. Ikkinchi va uchinchi o‘tkazib yuborgan to‘plarimiz esa, himoyadagi qo‘pol xatolardan keyin yuzaga keldi. Futbolchilar raqib o‘yinchilarini personal qo‘riqlay olishmadi.

So‘g‘diyonaga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin har bir mashg‘ulotlarda jamoangiz penaltilar seriyasini mashq qilishdi. Bu alohida reja edimi?

Bu tabiiy hol. Har bir jamoa bunday amaliyotga qo‘l uradi. Finallarda durang bo‘lmaydi va shu sababli har bir jamoa maksimal tayyorgarlik ko‘radi.

Navbahor jamoasi namoyish etgan o‘yindan bosh murabbiy sifatida qanchalik qoniqdingiz?

To‘qson to‘qqiz foiz ko‘nglim to‘ldi. Yigitlar bugun barchasini to‘g‘ri bajarishdi. Andijon biz uchun eng noqulay raqiblardan biri edi. Bizda yetarlicha muammolar bor edi, himoya chizig‘imizda katta muammolar bor. Biz barchasi kamchiliklarimizni berkitishga harakat qildik. Bugun Bubanya va Mamatkazinlar bizning markaziy himoyachilarimizdan yaxshiroq o‘ynashdi. Futbolchilarimga hech qanday e’tirozim yo‘q, ular barchasini to‘g‘ri bajarishdi, ammo bugungi natija osmonlarda hal etilgandek. Omad kimgadir kulib boqishi kerak edi. Omad bugun raqib tomonda bo‘ldi.

Andijon jamoasi havodagi to‘p uchun kurashlarda juda yaxshi o‘ynay olishidan barcha xabardor. Shunday jamoaga qarshi bo‘yi past darvozabonni maydonga tushirish qanchalik to‘g‘ri qaror bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?

Sanjar Quvvatov bugun juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Suyunovning bo‘yi balandroq va uni bugun maydonga tushirsak yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi demoqchisiz, ammo o‘tkazib yuborgan gollarimizda darvozabonning aybi yo‘q. Men yana bir bor takrorlayman, raqib hujumchilariga qarshi personal o‘ynashi kerak bo‘lgan futbolchilarimiz e’tiborliroq bo‘lishlari kerak edi.

Superligadagi So‘g‘diyonadan, mana bugun esa Andijondan uchralgan mag‘lubiyatlardan keyin jamoa rahbariyati sizga ishonishda davom etadimi?

Bu savolni rahbariyatga berasiz. Meni jamoaga yordam berish uchun chaqirishdi va men keldim. Ketishim kerakligi haqida aytishsa, ketaman.

Bugun murabbiy sifatida Xomyakovga yutqazdim deb o‘ylaysizmi?

Kubok finalida mag‘lub bo‘ldik. Finalda ruhiy holat katta ahamiyatga ega. O‘yinni o‘zingiz ko‘rdingiz va futbolni yaxshi tushunasiz. Bugun biz mag‘lub bo‘ldik va juda munosib raqib bizni mag‘lub etdi.

Murabbiy sifatida o‘z hamkasbingizga mag‘lub bo‘lganingizni tan olasizmi?

Bunday mayda gaplarga aralashib o‘tirmayman. Biz yosh bola emasmizku. Navbahor Al-Ittihod va Al-Hilol bilan durang o‘ynaga
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda