Sergey Lushchan: Bunday o‘yin uchun uzr so‘rayman

26.09.2024Superliga

Sergey Lushchan: Bunday o‘yin uchun uzr so‘rayman

Superligada 20-tur bahslari davom ettirildi. Navbahor jamoasi bu tur o‘z maydonida So‘g‘diyonani qabul qildi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Birinchi navbatda muxlislar oldida hamma uchun uzr so‘rayman. Bugun jamoamiz ikkinchi taymda ko‘rsatgan o‘yinini futbol deb bo‘lmaydi. Bugun maydonga barcha tajribali futbolchilarimizni tashladik va finalda kim maydonga tushishini ko‘rib oldik. Yoshlar borasida kimlar borligini bilamiz. Barcha tajribali futbolchilar bilan ilk bor harakat qildik. Hozir nimadir deyish qiyin. O‘rganib chiqamiz. Finaldan oldin antifutbol atamasini ishlatmoqchi emasman. Ular o‘zini finalda va asosiy tarkibda deb hisoblasa, adashadi. Hozircha tushuntira olmayman. 

Bugun Sog‘diyonani yengish uchun Navbahorda imkon bormidi? 

Men kohin emasman. Agar o‘z darvozangizga ikkita gol ursangiz, qanday imkon bo‘lishi mumkin? Omadsiz xolat? Balki, shundaydir. Kimnidir nimadadir ayblamoqchi emasman. Menga bu qiziq emas. Bu gollar bizni ko‘mib tashladi. Birinchi bo‘limda raqib hech narsa taklif eta olmadi. Kurash bo‘ldi, biz Jizzaxda shu ishni uddalagan edik. Kurash markazda kechdi. Birinchi gol, ikkinchi gol-ku umuman ko‘mib tashladi. Keyin jamoa sochilib ketdi. Ivanovich kutilmaganda o‘zgaritirishni so‘radi. Bugun maydonda bo‘lgan narsalar bizning borimiz. 

Bu o‘yin bilan Navbahor Andijonni yenga oladimi? 

Siz o‘z savolingiz bilan savolingizga javob beryapsiz. Bilmadim, nima bo‘lganini ko‘rib chiqamiz. Albatta, bu o‘yin bilan yutib bo‘lmaydi. Hozir qizishib turganim uchun aql bilan fikrlay olmayman. Siz singari, biz ham buni ko‘rib turibmiz. Paxtakor bilan bahsdan keyin jamoani yig‘a olmayapmiz. U uchrashuvdan so‘ng Lokomotivni zo‘rg‘a yengdik. Navbahor futbolchilari to‘liqligicha finalni o‘ylamoqda. Viloyat hokimi ham ular bilan uchrashdi. Oldinda 9 kun bor. Bilmadim, bunday o‘yin bilan yosh bolalar jamoasini yenga olmaymiz. Himoyadagi muammolar meni havotirga solmoqda. To‘g‘risi, tushunmadim. 

Ikkinchi taymda Navbahor nega ikkita hujumchi bilan o‘ynamadi? 

Siz tribunada bormidingiz? Biz ikki forvard bilan harakat qildik. Iminjonov sof hujumchi. Biz maydonda 4 ta hujumchi bilan ham harakat qilishimiz mumkin, ammo 2 ta forvard bilan 4 ta qarshi hujum o‘tkazib yubordik. Yana 3 ta gol o‘tkazishimiz ham mumkin edi. Omad keldi. 

 Final o‘yinida chempionlik kutamiz!

Birinchi navbatda muxlislardan yordam so‘rayman. Hozir ular futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Hozir juda katta bosim ostida qoldi ular. Menimcha, ishqibozlar shunday bo‘lishi kerak. Og‘ir vaziyatda kim qanday ekanligi ko‘rinadi. Yutib turganingda, hamma zo‘r bo‘laveradi. Mana shu kunlarda jamoa bilan birga bo‘lishingizni so‘
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda