Sentyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?

20.10.2025Superliga

Sentyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?

Bilasiz, Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab keladi.

Unga ko‘ra, Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. O‘tgan oy Superligada 4 o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 3 ta to‘p kiritgan hamda 2 ta golga hammualliflik qilgan Lyupcho Doriyev esa eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.

Shuningdek, Doriyevning OKMK jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi sentyabr oyining eng chiroyli goli deya e’tirof etildi.

Sentyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovozlar qanday taqsimlandi?

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar