Ro‘ziqul Berdiyev: Menimcha, g‘alabaga haqliroq edik

27.05.2025O`zbekiston Superkubogi

Ro‘ziqul Berdiyev: Menimcha, g‘alabaga haqliroq edik

O‘zbekiston Superkubogi uchun bahsda Andijon klubini mag‘lub etib ketma-ket uchinchi Superkubogini qo‘lga kiritgan Nasaf jamoasi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.


Albatta, bugun qiyin bahs kutayotganini bilardik. Bunday uchrashuvlarda har qanday natija qayd etilishi mumkin va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Andijon bunday dadil boshlashi biz uchun biroz kutilmagan holat bo‘ldi. Ular dastlabki daqiqalardan oldinga intilib vaziyatlar yaratishdi. Ikkinchi taym vaziyatni biroz o‘zgartirish uchun zaxiradan yangi kuchlar tashladik va bu natija berdi. O‘yinga qo‘shilgan Sherzod Nasrullayev raqib jarima maydonidagi harakatlari bilan penalti ishlab bizga g‘alaba olib kelgan golga sabab bo‘ldi. So‘nggi daqiqalarda himoyani kuchaytirdik va yakunda g‘alaba qozondik. Bugungi g‘alabani stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag‘ishlaymiz.

Agar o‘yindagi barcha havfli vaziyatlarni tahlil qilsak, menimcha g‘alabaga bugun haqliroq edik. Andijon ham ancha yaxshi tomonga o‘zgargani ko‘rinib turibdi. Ularda biroz uslub o‘zgarganini sezdik. Raqibning so‘nggi uch o‘yinini tahlil qildik. So‘nggi o‘yinlarda ikkita hujumchini tushirishayapti. Bunga tayyor edik deb ayta olaman.

O‘yinni seriyagacha olib bormaslikni va masalani o‘yinda hal etishni istagandik. Vaziyat penaltilar seriyasini taqozo etganida Cheranni zaxiraga olmay maydonda qoldirardim. Gʻalabani asosiy vaqtda saqlab qolish haqida o‘yladik va shunga yarasha o‘yinchilarni almashtirdi.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar