Ro‘ziqul Berdiyev: Chempionlik? Juda ham yaqinmiz, ammo kurash hali oldinda

14.09.2024Superliga

Ro‘ziqul Berdiyev: Chempionlik? Juda ham yaqinmiz, ammo kurash hali oldinda

Superligada 18-tur o‘yinlari davom ettirildi. Nasaf klubi tur safarda Navbahor bilan kuch sinashdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Muxlislarimizni tabriklayman. Kutganimizdek kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Yigitlar bugun maydonda jang qilishdi. Bahs davomida Navbahorda ustunlik bo‘ldi, ammo biz g‘alaba qozondik. Bu biz uchun muhim edi. 

Chempionlik intrigasi yakuniga yetdimi?

Biz juda yaqinmiz. O‘yinlarimiz orqali bunga munosib ekanligimizni ko‘rsatyapmiz. Oxirigacha kurashamiz. Oldindan hech narsa demoqchi emasman. 

Nasaf o‘zaro qarama-qarshiliklarda kuchli raqiblar bilan o‘rtacha o‘ynab ham g‘alabani ilib ketayotganining siri nimada?

Bizning kuchli ishtiyoqimiz rol o‘ynamoqda. Yigitlardan chiroyli futbolni so‘raymiz, ammo natijaga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, tartibli o‘yinimiz ham ochko olishimizga sabab bo‘lmoqda. 

OCHL doirasidagi o‘yin arafasida Navbahor bilan bahs katta ahamiyat kasb etdimi?

Biz uchun uchrashuv juda muhim edi. Zaxira o‘rindig‘imiz keng. Bugun jamoamizga yordam bera olmagan 3 futbolchi ham OCHLda yordam beradi. Oson bo‘lmaydi. Bizni Quvvayt chempioni bilan bahs kutmoqda. Ob-havo ham farq qiladi. 

To‘p bilan ishlashda muammolar ko‘zga tashlandi, maydonning ahvoli bunga ta’sir qildimi?

Maydon haqida hech narsa demayman. Shogirdlarimga bugun chiroyli o‘ynanglar deb aytmadim. Chiqib jang qilish kerakligini uqtirdim. Bizning chiroyli o‘yinimizni hech kim ertaga eslamasligi mumkin, ammo natija juda muhim. 

Navbahor bilan yil davomida 3 marotaba to‘qnash keldingiz. 3 murabbiyga qarshi o‘ynadingiz. Ularni taqqoslay olasizmi?

Xo‘sh, buni chuqur o‘ylash kerak. Raqib tarkibida kuchli futbolchilar yig‘ilgan. Murabbiylarning o‘z qarashi bo‘ladi. Kalasovskiy 5 ta himoyachi bilan o‘ynagani yodimda, Babayan hujumlarga tezroq o‘tishga e’tibor qaratgan vertikal futbolni qo‘llaydi. Yangi murabbiy bilan to‘p nazoratiga e’tibor qaratmoqda. 

Nasafni zich taqvim kutmoqda, jismoniy tayyorgarlik masalasida muammo kuzatilmaydimi?

Albatta, jamoa tonusda bo‘lmasa-da, jismonan tayyor bo‘lsa muammolarni yopib ketishi mumkin. Zaxiramiz keng. Bundan foydalanamiz.
Ro‘ziqul Berdiyev: Chempionlik? Juda ham yaqinmiz, ammo kurash hali oldinda
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda