Rade Petrovich: Chempionni ikki marta yenggan yagona jamoamiz
09.11.2024Superliga
Superligada 24-tur bahslari davom ettirildi. So‘g‘diyona jamoasi bu tur safarda Qarshida Nasafga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Rade Petrovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Dastlab Nasaf jamoasini chempionlik bilan tabriklayman. Ular bu mavsumda juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi va chempionlikni xaqli qo‘lga kiritdi. Keyingi mavsumda Elit Osiyo Chempionlar ligasida ham omad tilayman.
Uchrashuv haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, jamoamizni bu bahsga tayyorlash juda qiyin bo‘ldi. Sababi, o‘z maydonimizdagi Surxonga mag‘lub bo‘lganimizdan so‘ng bugun yigitlar xarakter ko‘rsatishdi. Golgacha ham uchta yaxshi vaziyatimiz bo‘lgandi. Oxirida nihoyat gol kiritdik. Yaxshi jamoa ustidan g‘alaba qozondik. Yana bir fakt: Nasafni uyda ham, safarda ham mag‘lub qilgan Superligadagi yagona jamoa bo‘ldik.