Liga Qumqo‘rg‘on-1977 — Jizzax o‘yiniga rasmiylarni yubormadi

21.08.2024Birinchi liga

Liga Qumqo‘rg‘on-1977 — Jizzax o‘yiniga rasmiylarni yubormadi

Shu yilning 18-iyun sanasida bo‘lib o‘tgan Qumqo‘rg‘on-1977 0:3 Qiziriq uchrashuvi yakunida mezbon jamoa bosh direktori Ulug‘bek Sattorov qator nomaqbul ishlarga qo‘l urgani xabar qilingan, keyinroq 25-iyul kuni O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi mazkur ishni o‘rganib chiqib, tegishli qaror chiqargandi. 


Jumladan, Qumqo‘rg‘on jamoasi hamda jamoa bosh direktoriga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, qarorda mazkur jarima 15 kun ichida to‘lanishi, qaror ijrosi o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, Qumqo‘rg‘on-1977 jamoasi Birinchi liga uchrashuvlariga qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. 


Yozni tanaffusdan keyin Birinchi liganing ikki turi ortda qolgan bo‘lib, Liga bunda Qumqo‘rg‘on-1977 jamoasi ishtirokidagi ikki uchrashuvni tashkil qildi. Biroq jarima summasi qator ogohlantirishlarga qaramay, o‘z vaqtida to‘lab berilmadi. Shundan kelib chiqib, Birinchi liga 16-turidan o‘rin olgan Qumqo‘rg‘on-1977 — Jizzax o‘yiniga Liga rasmiylari yuborilmadi hamda mezbon jamoaga texnik mag‘lubiyat yozildi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda