Qumqo‘rg‘on-1977 jamoasi 2024-yilgi musobaqalardan chetlashtirildi
14.10.2024Birinchi liga
“Birinchi liga reglamenti”ning 15.8-bandida jarimalar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan jamoaning musobaqa qatnashchilari safidan chetlashtirilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining 23-iyul kungi qaroriga ko‘ra, Qumqo‘rg‘on-1977 jamoasi 15 kun ichida belgilangan jarimani to‘lab berishi, unga qadar esa Birinchi ligaga qo‘yilmasligi lozim edi.
O‘tgan davr mobaynida Liga Qumqo‘rg‘on-1977 ishtirokidagi bellashuvlariga o‘z rasmiylarini yubormadi. Oradan 3 oyga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, jamoa qo‘mita qarorini bajarmadi. Birinchi liga musobaqasi yakunlanib borayotgani, turnir jadvalida taranglik ortayotganidan kelib chiqib, endilikda Liga “Birinchi liga reglamenti”ning 8.10-bandini ishga tushirishga qaror qildi. Unga ko‘ra, Qumqo‘rg‘on-1977 jamoasining 2024-yilgi musobaqa doirasidagi barcha natijalari bekor qilinadi va shu tariqa turnir jadvali shakllantiriladi.
Liga Qumqo‘rg‘on-1977 — Jizzax o‘yiniga rasmiylarni yubormadi
Liga Qumqo‘rg‘on-1977 faoliyatini o‘rganish bo‘yicha prokuraturaga murojaat qildi
Qumqo‘rg‘on-1977 rasmiysi hakamlarga tahdidi uchun jazolanadi