Qo‘qon-1912 hamda Mash’al Superligadagi o‘rnini saqlab qoldi

05.12.2025Superliga

Qo‘qon-1912 hamda Mash’al Superligadagi o‘rnini saqlab qoldi

Bugun Superligada qolish uchun pley-off bahslari bo‘lib o‘tdi. Mash’al jamoasi Qarshida Buxoro klubini qabul qildi.

Bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi – 0:0. Penaltilar seriyasida esa muborakliklar aniq harakat qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Parallel tarzba kechgan Qo‘qon-1912 – Xorazm bellashuvining asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa mezbonlar aniq harakat qilgan holda ligadagi o‘rnini saqlab qoldi.

MASH’AL 0:0 (3:1p) BUXORO

QO‘QON-1912 1:1 (5:4p) XORAZM

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar