QMU Jayxun 2026-yilni Proligada o‘tkazadi

26.01.2026Proliga

QMU Jayxun 2026-yilni Proligada o‘tkazadi

2025-yilgi mavsumni Proligada o‘tkazgan Jayxun futbol klubi musobaqadagi ishtirokini davom ettiradi. 


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi Jayxun klubining kelgusi taqdiri masalasini muhokamaga qo‘yib, bu borada aniq reja ishlab chiqish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston futbol assosiatsiyasiga topshiriq bergandi. Assotsiatsiya yakunda Qaraqalpaq Mәmleketlik Universiteti bilan muzokara o‘tkazdi va Jayxun futbol klubi faoliyatini universitet negizida davom ettirish masalasida kelishuvga erishdi. 


O‘tgan vaqt ichida Jayxun futbol klubini Qoraqalpoq davlat universitetining sport klubiga o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Endilikda u QMU Jayxun nomi ostida Proligadagi ishtirokini davom ettiradi. Shuningdek, QMU Jayxun U19 jamoasi U19 chempionatida ishtirok etadi. 


Assotsiatsiya va Liga bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston futbolini rivojlantirish strategiyasini amalga tatbiq etib kelmoqda. O‘FA qoshidagi Qoraqalpog‘iston futbol maktabi endilikda Aral klubi hamkorlikda ish olib boradi. Maktab tarbiyalanuvchilari Aral futbolchisi sifatida Liga ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Assotsiatsiya qoshidagi futbol akademiyasi esa Qoraqalpog‘iston FA sifatida Birinchi ligada to‘p tepadi. 


QMU Jayxun esa universitet bilan hamkorlikda ish olib boradi. Bu o‘z navbatida qoraqalpog‘istonlik yosh futbolchilarning futbol sir-asrorlarini o‘rganishlari va professional futbolga qadar bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni uzilishlarsiz bosib o‘tishiga xizmat qiladi.

QMU Jayxun 2026-yilni Proligada o‘tkazadi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar