Qizilqum klubini vaqtinchalik Akmal Xoliqov boshqaradi
07.04.2025Superliga

Klub bu haqda Ligaga ma’lum qildi.
Ma’lumotda aytilishicha, klub bosh murabbiyi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nikola Lazarevich sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab davolanish uchun Serbiyaga jo‘nab ketgan. Shundan kelib chiqib, yordamchi murabbiy Akmal Xoliqov vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaradi.