Qizilqum 4-may kuni o‘z uyi Navoiyga qaytadi

23.04.2025Superliga

Qizilqum 4-may kuni o‘z uyi Navoiyga qaytadi

Navoiy shahridagi Yoshlar sport majmuasi va nihoyat Liga talab qilgan ko‘rinishda ta’mirdan chiqarildi. Endilikda stadion Superliga bellashuvlarini qabul qilishi mumkin. 


Qizilqum Superliga 8-turida Navbahor jamoasiga qarshi kurash olib borishi lozim. Mazkur bellashuv 4-may kuni Yoshlar sport majmuasida o‘tkaziladi. Ishonamizki, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgan bellashuv navoiylik futbol muxlislari uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ladi va ular stadionni to‘ldira olishadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar