Qarshi davlat universitetining Lochin futbol jamoasi rasman Liga a’zosiga aylandi

07.04.2025Birinchi liga

Qarshi davlat universitetining Lochin futbol jamoasi rasman Liga a’zosiga aylandi

Lochin 4-aprel kuni Liga bayrog‘i ostidagi dastlabki o‘yinini O‘zbekiston kubogi doirasida o‘tkazib, musobaqaning guruh bosqichiga yo‘llanma oldi. Shu tariqa Liga bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan davlat universitetlari soni 3 taga yetdi: Farg‘ona, Buxoro va Qarshi. 


Liga rahbari QarDU rektori Dilmurod Nabiyev bilan uchrashuvda universitet qoshida barpo etilishi rejalashtirilgan futbol maydoni va unga tutash hududlar masalasida fikr almashdi. Ishonamizki, mazkur qadam uzoq yillar davom etadi va Lochin kelajakda mamlakat futbolining ajralmas qismiga aylana oladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar