Proligada 14 ta klub ishtirok etadi. So‘nggi ishtirokchi — BuxDU

20.02.2026Proliga

Proligada 14 ta klub ishtirok etadi. So‘nggi ishtirokchi — BuxDU

Buxoro davlat universitetining BuxDU klubi Proliganing 2026-yilgi mavsumi uchun so‘nggi qatnashchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. 


BuxDU so‘nggi ikki mavsumni Birinchi ligada munosib o‘tkazdi. O‘tgan mavsum aynan u ishtirok etgan mintaqada Kattaqo‘rg‘on, Lochin, BuxDU o‘rtasidagi raqobat ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga tortdi. Garchi buxoroliklar mintaqani kuchli uchlikda tugatgan bo‘lsa-da, yakunda musobaqaning finaliga qadar yetib bordi hamda mavsumni 2-o‘rin bilan yakunladi. 


Toshkent mezbonlik qilgan final uchrashuviga universitet rektori Obidjon Hakimov ham tashrif buyurgandi. O‘tgan davr ichida universitet qoshidagi futbol klubining Proligada ishtirok etishi yuzasidan ishlar olib borildi. Buxoro viloyati hokimligining amaliy ko‘magi bilan Buxoro va BuxDU klublari mavsum davomida viloyat futbol akademiyasiga qarashli stadiondan foydalanadigan bo‘ldi. 


Qanday holatda bo‘lmasin, BuxDU ketma-ket ikki mavsum davomida Birinchi ligada istalgan raqibga yetarlicha raqobat qila oldi. Endilikda universitet jamoasi Proligada o‘z omadini sinab ko‘radi.

Proligada 14 ta klub ishtirok etadi. So‘nggi ishtirokchi — BuxDU
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar