Proliga. Olimpik Mobiuz Araldan ustun keldi

27.05.2025Proliga

Proliga. Olimpik Mobiuz Araldan ustun keldi

Proligada 7-tur o‘yinlari start oldi. Olimpik Mobiuz klubi o‘z maydonida Nukusning Aral jamoasini qabul qildi.

Jar stadionida kechgan bellashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. 51-daqiqada Ruslan Qalmag‘ambetov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib Nurlan Ibraimov muvozanatni tikladi. 83-daqiqada Ozodbek Qurbonov Olimpik Mobiuzga g‘alaba keltirgan golni kiritdi.

OLIMPIK MOBIUZ 2:1 ARAL

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar