Proliga. Lokomotiv Superligaga qaytdi
09.11.2025Proliga

Proligada 20-turning ikki o‘yini bo‘lib o‘tdi. Olimpik Mobiuz jamoasi bu tur o‘z maydonida Jayxun klubini qabul qildi va 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Parallel tarzda kechgan Aral – Lokomotiv bahsi esa mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Shu tariqa, Lokomotiv 41 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi va Superligaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqdi. Xuddi shuncha ochko jamg‘argan Aral esa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar sababli ikkinchi pog‘onada qoldi va o‘tish o‘yinlari ishtirokchisiga aylandi.
OLIMPIK MOBIUZ 4:0 JAYXUN
ARAL 1:0 LOKOMOTIV
