
Proliga klubiga qo‘yilgan talab mana shu havolada aks etgan bo‘lib, reglament loyihasi rasman tasdiqlanishi uchun musobaqa ishtirokchilariga to‘liq oydinlik kiritilishi va format kelishilishi lozim.
Hozirga qadar Sho‘rtan, Aral, Mobiuz hamda FarDU klublari yangi mavsumdagi ishtirok yuzasidan Liga bilan shartnoma tuzib ulgurgan. Qolgan da’vogarlar hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini davom ettirmoqda. Musobaqaga rasman qabul qilingan klublar nomiga bosqichma-bosqich oydinlik kiritib boriladi.
