Proliga. FarDU Nukusda Jayxun bilan durang o‘ynadi
16.06.2025Proliga

Proligada 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Nukusning Jayxun jamoasi bu tur o‘z maydonida Farg‘ona Davlat universiteti jamoasini qabul qildi.
Olimpiya markazi stadionida kechgan bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi. 10-daqiqada Ibodjon Abelfazov hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqada Asadulla Qutiboyev penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.