Proliga. Aral Toshkentda Olimpikdan ustun keldi
12.06.2025Proliga

Proligada 9-tur o‘yinlari start oldi. Olimpik jamoasi bu tur o‘z maydonida Aral klubini qabul qildi.
Do‘stlik stadionida kechgan uchrashuv nukusliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Yagona golga Izzatillo Abdulhaqov mualliflik qildi.
OLIMPIK 0:1 ARAL