Paxtakor klubini vaqtinchalik Kamoliddin Tojiyev boshqaradi
06.05.2025Superliga

Klub bu haqda Ligaga ma’lum qildi.
Ma’lumotda aytilishicha, klub bosh murabbiyi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pedru Moreyra mehnat ta'tilida ekanligi sabab jamoaning bo‘lajak uchrashuvlarida ishtirok etolmaydi. Shundan kelib chiqib, Kamoliddin Tojiyev vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaradi.