
Klub qoshidagi farm jamoa Qibraydagi futbol bazasida joylashgan stadion kapital ta’mirdan chiqquniga qadar o‘z uy uchrashuvlarini Paxtakor stadionida o‘tkazish, shuningdek, Proliga reglamentida aks etgan barcha talablarni bajarish uchun kafolat berdi.
Ma’lumki, farm jamoa tarkibida ro‘yxatdan o‘tgan futbolchi Superliga va U21 chempionatida ishtirok eta olmaydi. Jamoa tarkibida o‘zini ko‘rsatgan futbolchi faqatgina davrlaar oralig‘ida asosiy jamoaga jalb etilishi mumkin. Shuningdek, klubning Proliga jamoasida ro‘yxatdan o‘tkazayotgan futbolchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi Birinchi liga musobaqasinikidan farq qiladi.
Paxtakor futbol maktabidan yetishib chiqayotgan futbolchilarning nisbatan yaxshiroq musobaqa va stadionlarda to‘p tepishi, shuningdek, Superliga uchun da’vogar klublarga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi inobatga olinib, klub rahbariyati shunday qarorga keldi.