Paxtakor barqarorlik reytingiga koʻra 2025-yilning eng yaxshi klubi. Nasaf va Dinamo kuchli uchlikdan oʻrin oldi

17.12.2025ProligaPFLSuperliga

Paxtakor barqarorlik reytingiga koʻra 2025-yilning eng yaxshi klubi. Nasaf va Dinamo kuchli uchlikdan oʻrin oldi

Superliga reglamentining 3.4-bandida Liga o‘z musobaqalarida ishtirok etayotgan klublarning barqarorlik reytingini shakllantirib borishi va bu qanday tartibda amalga oshirilishi tavsiflangan. 


Barqarorlik reytingi klubning tuzilma sifatida rivojlanishi va uning tarkibidagi barcha jamoalarning Liga shafeligidagi musobaqalardagi ishtirokini baholash uchun qo‘llaniladi. 


Joriy yilgi reyting bo‘yicha Paxtakor klubi yaqqol yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Nasaf va Dinamo klublari esa kuchli uchlikni yakunlab berishdi. 


Liga reglamentda ko‘rsatib o‘tilgan tartibda so‘nggi besh yillikdagi natijalarni hisoblab chiqadi va barqarorlik reytingining to‘liq shakli tez orada e'lon qilinadi.

Paxtakor barqarorlik reytingiga koʻra 2025-yilning eng yaxshi klubi. Nasaf va Dinamo kuchli uchlikdan oʻrin oldi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar