O‘zbekistonning 3 klubi Al Hilolni yengishga muvaffaq bo‘lgan

29.09.2025Klublar

O‘zbekistonning 3 klubi Al Hilolni yengishga muvaffaq bo‘lgan

Bugun OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining 2-turi doirasida Qarshining Nasaf klubi o'z maydonida Saudiya Arabistonining Al Hilol jamoasini qabul qiladi.


Ta'kidlash kerakki, Osiyo chempionlar ligasida 4 marta chempionlikni qo'lga kiritgan ushbu klub shu vaqtgacha O'zbekiston klublari bilan 24 marta kuch sinashgan va atigi 3 ta o'yinda o'zbek klublariga mag'lub bo'lgan.


Bugun Al Hilol klubi ustidan qozonilgan g'alabalarni eslaymiz.


 Mash'al 2:1 Al-Hilol (2006)


2006-yilning 26-aprel sanasida Muborakning Mash'al jamoasi Saudiyaning Al-Hilol klubini qabul qildi. Osiyo Chempionlar ligasining 4-turidan o'rin olgan ushbu o'yinni tomosha qilish uchun Qarshidagi "Markaziy" stadionga 6 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurgandi.


Uchrashuv Qashqadaryo vakilining g'alabasi bilan yakunlandi. O'yinning 50-daqiqasida Botir Qorayev hisobni ochgan bo‘lsa, 82-daqiqada Zafar Xolmurodov hisobidagi farqni 2 taga yetkazgandi.


Hakam tomonidan ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda "Al-Hilol" hujumchisi Abdulloh Al-Dosari jamoasining yagona javob golini kiritdi. O'yin shu hisob bilan yakunlangandi.


  Lokomotiv 2:1 Al-Hilol (2016)


2016-yil Toshkentning Lokomotiv klubi o'z tarixida birinchi marta Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak finaliga yo'l oldi. Ushbu bosqichda Andrey Miklyayev shogirdlariga Saudiya Arabistonining Al-Hilol jamoasi raqiblik qildi. 17-may kuni klublar Ar Riyod shahrida to'qnash keldi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangandi.


24-may kuni ushbu jamoalar Toshkentdagi Bunyodkor stadionida javob o'yinini o'tkazdi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Islom To'xtaxo'jayev hisobni ochdi. 56-daqiqada Sherzod Fayziyev hisobidagi farqni 2 taga yetkazdi. 89-daqiqada "Al-Hilol" sardori Muhammad Shalhub penaltidan jamoasining yagona javob to'pini kiritgandi.


O'yin aynan shu hisob bilan yakunlandi va Lokomotiv jamoasi Osiyo chempionlar ligasining chorak finaliga yo'l oldi.


  Paxtakor 1:0 Al-Hilol


2025-yilning 4-mart kuni Toshkentning Paxtakor klubi OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining nimchorak finali doirasida Al-Hilol jamoasini qabul qildi. Ushbu o'yinni tomosha qilish uchun Jar stadioniga 5 mingdan ortiq muxlislar tashrif buyurdi.


Uchrashuvning 29-daqiqasida Paxtakor jamoasining legioner futbolchilari o'yin taqdirini hal etdilar. Brayan Riaskosning ajoyib uzatmasini Flamarion Yasin Bunu qo'rqmayotgan darvozaga joylab qo'ydi.


O'yin aynan 1:0 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, Paxtakor klubi o'z tarixida birinchi marta Al-Hilolni mag'lub etdi.


Biz Nasaf jamoasining birinchi tur doirasida 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan ersa-da, Elit Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibiga qarshi qay tahlid qarshilik ko‘rsatganining guvohi bo‘ldik. Demakki, "ajdarlar"dan ushbu bellashuvda ijobiy natija kutishga haqlimiz. Zero, Al Hilolni yengish o‘zbek klublari uchun uddalab bo‘lmas topshiriq emas.

O‘zbekistonning 3 klubi Al Hilolni yengishga muvaffaq bo‘lgan
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar