O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi

07.06.2025PFL

O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2025/26-yilgi futbol mavsumidagi klublar musobaqasida ishtirok etish huquqini beruvchi litsenziatlar nomiga oydinlik kiritdi. Ular orasida O‘zbekistonning 17 klubi ham bor. 


Bu borada Qatar va Indoneziyaning 18 tadan klubi litsenziyalash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tishga erishdi. Shuningdek, BAA, Saudiya, O‘mon, Vyetnam klublari ham faollik ko‘rsatdi. Qo‘shnilarimiz Tojikiston va Turkmanistonning 2 tadan klubi litsenziyaga ega chiqdi. 

O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi

Qayd etish kerak, O‘zbekiston 2023/24-yilgi mavsum uchun 17 talik, 2024/25-yilgi mavsumda esa 19 talik ko‘rsatkich bilan qit’aning eng faol a’zosiga aylangandi. Keyinchalik Turon hamda Metallurg klublarining o‘z professional faoliyatiga chek qo‘yishi yangi mavsum kvotalarining umumiy soniga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 


O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan barcha klublar qatorasiga ikkinchi siklda to‘liq ko‘rinishda litsenziatga aylandi. Proliga klublari orasidan esa faqatgina Lokomotiv bunga erishdi. 


Ma’lumot uchun, Superliga klublari soni 16 taga yetkazilgach, “Superliga va Proliga reglamenti”dan OFK litsenziyaga ega chiqa olmagan klubning yangi mavsumda Superligada ishtirok eta olmasligi borasidagi band olib tashlangan. Ya’ni, 2026-yilgi mavsumda Superligada OFK litsenziyasi mavjud bo‘lmagan klub ham ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, Superliganing biror klubi litsenziyaga ehtimoliy ega chiqa olmagan taqdirida ham kelasi mavsum chempionatdagi o‘z o‘rnini saqlab qolishi avvaldan belgilab qo‘yilgan edi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar