O‘zbekiston Superkubogini yoritish istagidagi OAV uchun

06.03.2026O`zbekiston Superkubogi

O‘zbekiston Superkubogini yoritish istagidagi OAV uchun

Xabaringiz bor, 15-mart kuni Andijondagi Bobur Arena stadionida Neftchi hamda Paxtakor klublari o‘rtasida O‘zbekiston Superkubogi bahsi o‘tkaziladi. Ushbu uchrashuvni bevosita stadiondan turib yoritishni istagan OAV 13-mart sanasiga qadar liga rasmiy saytidagi akkreditatsiya bo‘limida zayavka qoldirishi talab etiladi. Buning uchun Liga rasmiy saytining “akkreditatsiya” bo‘limiga kiriladi va maxsus musobaqa – Superkubok musobaqasi tanlanadi hamda ariza qoldiriladi.


Ma’lumot uchun, Superkubok uchrashuvi uchun Liga tomonidan musobaqalar uchun chiqarilgan akkreditatsiyalar amalda bo‘ladi. Ammo, Bobur Arena o‘yingohida media vakillari faoliyat olib borishi uchun ajratilgan joylar cheklangani va barchani sig‘dira olmasligi bois, ushbu o‘yin uchun maxsus kirish ruxsatnomalari ishlab chiqiladi. Ushbu ruxsatnomalar faqatgina liga tomonidan mavsum avvalida barcha musobaqalar uchun taqdim etilgan akkreditatsiyalar bilan birga amalda bo‘ladi. 


15-mart kuni Bobur Arena o‘yingohi mezbonlik qiladigan bu yilgi Superkubok bahsini faqatgina ushbu uchrashuv uchun alohida ro‘yxatdan o‘tgan OAV vakillari yoritishlari mumkin.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar