O‘zbekiston Superkubogi o‘yiniga Bunyodkor stadioni mezbonlik qiladi

08.04.2025O`zbekiston Superkubogi

O‘zbekiston Superkubogi o‘yiniga Bunyodkor stadioni mezbonlik qiladi

27-may kuni O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yinda mamlakatning amaldagi chempioni Nasaf hamda kubok sohibi Andijon maydonga tushadi.


Mazkur bellashuvga Bunyodkor stadioni mezbonlik qiladi. Liga va stadion, shuningdek, final bellashuvi titul homiysi bo‘lgan Uzcard mazkur masalada o‘zaro kelishib oldi. 


Reglamentdan kelib chiqib, mamlakat chempioni sifatida Nasaf uchrashuvning nominal mezboni bo‘ladi. Superkubok o‘yini bilan bog‘liq qolgan detallar har ikki klub bilan o‘zaro kelishib olinadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar