O‘zbekiston kubogining 1/8 finaliga 23-may kuni qur’a tashlanadi

07.05.2025O‘zbekiston kubogi

O‘zbekiston kubogining 1/8 finaliga 23-may kuni qur’a tashlanadi

21-may sanasida O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi o‘yinlari yakuniga yetadi. Sport prinsiplariga amal qilingan holda guruhlardagi so‘nggi tur bellashuvlari bir vaqtda start oladi. 


Iyun oyining ikkinchi yarmida 1/8 final o‘yinlari o‘tkaziladi. Mazkur bosqichga 23-may kuni qur’a tashlanadi. Jarayon jonli efirda namoyish etiladi. Shu kuni Superliga 11-turi Andijon — Surxon o‘yini bilan start oladi. Rejaga ko‘ra, qur’a aynan shu bellashuv oldidan o‘tkaziladi. 


Ma’lumot uchun, guruhni peshqadam sifatida yakunlagan jamoa 1/8 finaldagi raqibini o‘z maydonida qabul qiladi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar