O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichi: Prevyu

25.09.2025O‘zbekiston kubogi

O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichi: Prevyu

Bugun O‘zbekiston kubogi musobaqasining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 


Toshkentda joylashgan JAR stadionida musobaqaning 13 karra g‘olibi Paxtakor klubi Samarqandning Dinamo jamoasi bilan kuch sinashadi.


Ta’kidlash kerakki, ushbu musobaqada chempion bo‘lish borasida rekordchi hisoblanuvchi Paxtakor klubi 3 mavsumdan beri kubok finaliga yo‘l olgani yo‘q. Dinamoni esa O‘zbekiston kubogi finalida ishtirok etmaganiga 25 yil bo‘ldi.


2025-yilgi mavsum O‘zbekiston Superligasida ushbu jamoalar 2 marta to‘qnash keldi. Birinchi davrada JAR stadionida o‘tgan bahs Vadim Abramov jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Samarqandda o‘tgan ikkinchi davra o‘yinida esa 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.



Yarim finalning ikkinchi juftligida Buxoro va So‘g‘diyona jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.


Ta’kidlash kerakki, har ikki klub shu vaqtgacha musobaqaning finaliga yo‘llanma ololmagan va bugun O‘zbekiston kubogi musobaqasining finalida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritadigan yangi jamoa nomiga oydinlik kiritiladi.


Ushbu jamoalar 2025-yilgi mavsum O‘zbekiston Superligasida hozircha 1 marta to‘qnash keldi. Jizzaxda o‘tgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.


Bugun ushbu jamoalar Buxoro futbol akademiyasi maydonida yana bir bor kuch sinashadi.


Xullas, bugun bizni 2 ta qiziq o‘yin kutib turibdi. Har ikki bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.

O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichi: Prevyu
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar