
O‘zbekiston kubogida chorak finalning dastlabki bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda So‘g‘diyona jamoasi Namanganning Navbahor klubini qabul qildi.
Jizzaxdagi So‘g‘diyona markaziy stadionida kechgan bellashuv maydon egalarining 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Rubin Hebay (2 ta) hamda Javohir Qahramonov (2 ta) mualliflik qildi. Shu tariqa, Ivan Boshkovich jamoasi yarim finalning dastlabki ishtirokchisiga aylandi.