O‘zbekiston kubogi saralashi. Ikkinchi bosqich start oldi (+intervyular)

24.03.2026O‘zbekiston kubogi

O‘zbekiston kubogi saralashi. Ikkinchi bosqich start oldi (+intervyular)

Bugun poytaxtdagi Odil Ahmedov akademiyasi maydonida O‘zbekiston kubogi ikkinchi saralash bosqichi bahslari start oldi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi.

QORAQALPOGʻISTON FA 2:1 TOSHKENT VILOYATI FA

AHMEDOV FK 5:2 NAVOIY FA


O‘zbekiston kubogi saralashi. Ikkinchi bosqich start oldi (+intervyular)O‘zbekiston kubogi saralashi. Ikkinchi bosqich start oldi (+intervyular)

Uchrashuvlardan keyin jamoalar ustozlari o‘z fikrlarini Liga matbuot xizmati bilan o‘rtoqlashdi.


Nauriz Alimov (Qoraqalpog‘iston FA bosh murabbiyi)


Bu mavsum ham o‘tgan yili bo‘lgani kabi O‘zbekiston kubogining guruh bosqichida ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Boisi, Superliga va Proliga klublariga qarshi bahslar biz uchun katta tajriba bo‘ladi. Bugungi bahsni xotirjam yakunlay olishimiz ham mumkin edi. Ammo, uzoq masofa bosib kelganimiz sababli bo‘lsa kerak, vaziyatlarni yakunlashda biroz sust harakat qildik.

Ravshan Jo‘rayev (Toshkent viloyati FA jamoasi bosh murabbiyi)


Jamoamiz endi shakllanib bormoqda. Tarkibda yangi futbolchilar ko‘p va jamoaviy o‘yin borasida ham asta-sekin bir-birimizni tushunib bormoqdamiz. Endi bor e'tiborni Birinchi liga bahslariga qaratamiz.

Sanjar Egamberdiyev (Navoiy FA bosh murabbiyi)


Darvozabonimizning qizil kartochka olishi barcha rejalarimizni barbod qildi. 10 kishi bo‘lib qolgandan so‘ng ko‘plab xatolar yuzaga keldi. Jamoamizning asosiy maqsadi yoshlarni katta futbolga tayyorlash sanaladi. Bugungi kunda tarkibimiz asosini 2009 va 2010-yillarda tug‘ilgan futbolchilar tashkil qilmoqda.

Qahramon Mahamadjonov (Ahmedov jamoasi bosh murabbiyi)


Qiyin uchrashuv bo‘lishi kutilgan edi. Qizil kartochkadan so‘ng imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ldi va ulardan maksimal foydalandik. Kelgusi bosqichda Qoraqalpog‘iston FAga qarshi bahs olib boramiz. Ular bilan boshqa musobaqalada ham to‘qnash kelganmiz. Bugungidek vaziyatlarni golga aylantira olsak, ularga qarshi uchrashuv qiyin kechmaydi, deb o‘ylayman.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar