O‘zbekiston kubogi. OKMKdan 12:1, Paxtakordan 6:3
14.05.2025O‘zbekiston kubogi

O‘zbekiston kubogida 3-tur bahslari start oldi. Olmaliqning OKMK klubi bu tur o‘z maydonida Navoiy futbol akademiyasi jamoasini qabul qildi va 12:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Parallel tarzda kechgan Paxtakor – Nasaf bellashuvida esa sherlar 6:3 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, jamoa hisobidagi ochkolar soni 9 taga yetdi va poytaxtliklar o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi.
3 bahsda 6 ochko to‘plagan OKMK esa kvartetda ikkinchi bo‘ldi.
PAXTAKOR 6:3 NASAF
OKMK 12:1 NAVOIY FA