
Bugun Odil Ahmedov akademiyasi maydonida O‘zbekiston kubogining navbatdagi saralash bahslari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki uchrashuvda Qoraqalpog‘iston FA hamda Navoiy FA jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Bellashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unga ko‘ra, seriyada aniq harakat qilgan Navoiy FA jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va guruh bosqichiga yo‘llanmaga ega chiqdi.
Lokomotiv-BFK hamda Sirdaryo futbol akademiyasi jamoalari o‘rtasidagi bellashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi va penaltilar seriyasida akademiya futbolchilari 4:1 hisobida zafar quchdi.