
Odil Ahmedov futbol akademiyasi maydonida O‘zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Qiziriq jamoasi Ishtixon klubi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 1:1. Penaltilar seriyasida esa samarqandliklar aniq harakat qilishdi (5:4).
Buxoro FA – Oqtepa qarama-qarshiligi esa toshkentliklarning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi va jamoa kubokning guruh bosqichiga yo‘l oldi.