
O‘zbekiston kubogining saralash bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. So‘nggi kun doirasida ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xorazm viloyati futbol akademiyasi jamoasi Toshkent viloyati futbol akademiyasi jamoasidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Qarshi davlat universitetining Lochin klubi esa penaltilar seriyasida Toshkentning Do‘stlik klubidan ustun kelib, guruh bosqichi yo‘llanmasiga ega chiqdi.