O‘zbekiston kubogi. Guruh bosqichi o‘yinlari sanalari ma’lum
02.03.2025O‘zbekiston kubogi

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi uchrashuvlarini sanalarini aniqlash oldidan Liga Paxtakor va OKMK klublarining xalqaro maydondagi ehtimoliy o‘yinlari masalasini inobatga oldi.
Paxtakor Elit Chempionlar ligasining 1/8 finalida Al-Hilol to‘sig‘idan o‘ta olsa, 25-apreldan 3-may sanasiga qadar Saudiya Arabistonida bo‘lib, musobaqaning markazlashtirilgan keyingi bosqichida ishtirok etishi mumkin. OKMK esa CAFA tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan musobaqada 26-aprel — 5-may kunlari oralig‘ida O‘zbekiston sharafini himoya qilishi katta ehtimol. Shu boisdan kubok A, B, D, E guruhlaridagi o‘yinlar bilan emas, balki F, G, H, I guruhi bellashuvlari bilan start olishi belgilandi.
Biroq 3-turga kelib ketma-ketlik o‘zgaradi. 27-may kuni Nasaf hamda Andijon klublari O‘zbekiston Superkubogi doirasida maydonga tushishi inobatga olinib, ular joy olgan guruh bellashuvlari nisbatan ertaroq yakun topishi belgilandi.
Mana shu havola orqali guruhlardagi o‘yinlar sanasi bilan tanishib olishingiz mumkin.