O‘zbekiston kubogi finalini yoritish istagida bo‘lgan OAV vakillari diqqatiga!
16.10.2025O‘zbekiston kubogi

29-oktyabr kuni Andijon shahridagi Bobur Arena stadionida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvida faoliyat olib borish istagida bo‘lgan OAV vakillari Liga mediasi bilan bog‘lanishi so‘raladi.
Paxtakor hamda Buxoro klublari o‘rtasidagi o‘yin uchun 22-oktyabriga qadar liganing rasmiy elektron manzili bo‘lgan media@pfl.uz orqali ariza topshirishingiz mumkin. Ma’lumki, Bobur Arena stadioni media tribunasidagi joylar chegaralangan. Shundan kelib chiqib, talab etilgan ko‘rinishda ro‘yxatdan o‘tgan OAV vakillari media tribunada faoliyat olib boradi. Shuningdek, mavsum boshida Liga tomonidan taqdim etilgan akkreditatsiyasi bo‘lgan OAV vakillari ham stadionga tashrif buyurib, uchrashuvni o‘zlari uchun ajratilgan sektordan tomosha qilishlari mumkin.
Media tribuna uchun arizalar o‘rganib chiqiladi. Bunda Liga o‘z tasarrufidagi musobaqalarda faoliyat olib borayotgan jurnalistlar ishlarini kuzatib borishi natijasida shakllangan xulosa asosida media tribunaga kirish huquqini taqdim etadi. Uchrashuvni media tribunadan turib kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan OAV vakillari uchun esa tashkilot tomonidan maxsus chiptalar taqdim etiladi.
Akkreditatsiya jarayoni bo‘yicha ro‘yxat shakllantirilgach, O‘zbekiston Kubogi final o‘yini oldidan o‘tkaziladigan matbuot anjumanida tegishli ruxsatnomalar o‘z egalariga topshiriladi.
