O‘zbekiston kubogi. Buxoro tarixda ilk bor finalda
25.09.2025O‘zbekiston kubogi

O‘zbekiston kubogida yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Buxoro jamoasi o‘z maydonida Jizzaxning So‘g‘diyona klubini qabul qildi.
Buxoro futbol akademiyasi maydonida kechgan bellashuv gollarga boy bo‘ldi va asosiy vaqtda g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Nodir Ahmadjonov tomonidan kiritilgan gol mezbonlarga final yo‘llanmasini taqdim etdi.
