O‘zbekiston kubogi. Bunyodkor penaltilar seriyasida Qo‘qon-1912 klubidan ustun keldi
19.06.2025O‘zbekiston kubogi

O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Qo‘qon-1912 hamda Bunyodkor jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Qo‘qondagi markaziy stadionda kechgan bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi va g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etildi.
Penaltilar seriyasida esa qaldirg‘ochlar aniq harakat qilishdi – 5:4. Shu tariqa, Ilyos Zeytullayev shogirdlari chorak finalga yo‘l olishdi.